O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi-

0
244

O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi-

og’ir sinovlardan o’tib kelgan qahramonlar adabiy anjumani

Turkiston bo’yicha 1895-1922 yilgacha Jadidchilik harkatining shakillanishi va keng faoliyatlaridan keyin mag’lubiyatga uchrashi davri edi. Turkistonda jadidlar harakatini vujudga keltiruvchilar jumladan, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy, Munavvarqori Abdurashidxon, Abdulla Avloniy, Fitrat, Fayzulla Xo’jayev, Usmonxo’ja, Po’lat Xo’jayev,  Sadriddin Ayniy, Hamza Cho’lpon, Is’hoqxon, Ibrat, Bobooxun Salimov bo’lishar edi.

Jadidichilikning taniqli nomoydalari Sadriddin Ayniydan tashqari 30-yillarda sovet mustabit rusumi tomonidan amalga oshirilgan qirg’in natijasida halok bo’ldi. Jadidchilik harakatiga sovet davlati millatchilik, ponturkizm, ponislomizm tamg’alarini bosib, ular nohaq qoralandi va asarlarini o’qish man etildi. Jadidlar orasida Hamza, Cho’lpon kabi otash nafas shoirlar, Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat va Hoshim Shoiq kabi taniqli olimlar, Zakiy Validiy, Tug’on va Mustafo Cho’qay singari siyosat arboblari va ko’p sonli adiblar mavjud edi. Ularning tinimsiz faoliyati natijasida jadidchilik matbuoti shakillanib  Turkistonning turli hududlarida  oyna kabi majalelar va ko’p sonli gazetalar  o’zbek tili, arab yozuvi va bazi rus tilida nashr etilib keng ko’lamda tarqalgan edi.

1918-yil fevralida Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan  qonga botirilgach jadidlar harkati kuchli o’zgarishga urinadi. Shuro rejimi bilan murosa qilishni xohlamagan Turkiston jadidlarining katta qismi milliy ozodlik harkatlarida va yashirin milliy tashkilotlarida faoliyat ko’rsatishga o’tib, ayrimlaro 1920-yil Buxoroda jadidlar asos solgan mustaqil davlat bilan  hamkorlik qilishni boshladilar. Zakiy Valiy, Tug’on Turkiston milliy ozodlik komitetiga asos soldi. Ayrimlari davlat hukumati idoralarida ish boshlashga majbur bo’ldilar. Lekin amallar sobit bo’ldiki ular uchun dasgohda o’rin topilmadi. Masalan Cho’lpondek ulug’ shoir qizil armiyaga atab yozgan she’rida quyidagi bir bayti uchun sudga tortilgan:

“Qizil askar ko’pi yeb,

soni yetsin yuzlara”

Sen minglardan oshgan qizil armiyani yuzga tushirib haqorat qilgan ekansan” degan tuhmatni unga qaratgan edilar. Shoir har qancha “yuzlar” so’zi qofiya zarurati uchun qo’yilgan deb istidlol qilsa ham uning dalillari eshitilinmagan. 1918-yil Fevral oyilda Turkiston Muxtoriyati bostirilgandan ko’p o’tmay usha yil 30-iyunda Turkiston avtonom sotsialistik respublikasi tashkil etildi va Lenincha asosida 1924-yildan boshlab buku Turkiston o’lkasi O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston 5ta sovet sotsialistik respublikasiga bo’lindi.

O’zbeksitonda fan va madaniyat bo’yicha sovet hukumati olib borgan siyosat barcha demokratik qadriyatlarga qarshi turdi. Birinchi bosqichda Alisher Navoiy, Lutfiy, Bobur, Mashrab kabi o’zbek klassik shoirlari asarlari feodalizm davri adabiyoti deb nashrdan chiqarilmasdi. Uzoq muddatdan keyin nashr etilgan bo’lsa ham ular orasidan Xudo hamdi, payg’ambar nati kabi diniy g’oyalarga tegishli she’rlar chiqarib tashlandi. O’zbek adabiyoti tarixida Xo’ja Ahmad Yassaviy singar irfon shoiri sufizm g’oyalarining tarqatuvchisi sifatida qoralandi. O’zbek tili va sheriati rivojiga qo’shgan hissasi haqida bir og’iz so’z ham yo’zilmadi.

Jadidlar harakati shoir va yozuvchilari vatanparvarlik ruhiyasi va milliy erkinlik g’yalari bilan to’lib toshgan edi. Ularning ushbu g’oyalari va kamunistik mafkuraga qarshiliklari ba’zan ularning asarlarida o’z aksini  topardi. Shu sababdan Shuraviy davlati ularni ko’rgani ko’zi yo’q edi.

Sho’ralar davlaтi butun ittifoq bo’yicha shoir va yozuvchilar katta kuch ekanliklarini bilardi va sotsialеstik g’oyalarni tarqatishda ularning cheksiz kuchiga ishonardi. Shuning uchun reжimga qarshi barcha kuchlarni ochiq faoliyatiga nuqta qo’ygandan kegin, yozuvchilarni birlashtirish maqsadida ish olib bordi.

1930-yilda Qizil qalam jamiyati tarqalib uning o’rniga O’zbekiston yo’qsil-qashshoq ёozuvchilar uyishmasi va turli hududi bo’limlariga asos solindi. Ammo bu tashkilotlar faoliyati ham ZKPP markazi komitetini qoniqtirmadi.

Kompartiya markaziy komissiyasi 1932-yil 23-aprelida adabiy badiiy tashkilotlarini qayta tuzish to’g’risida qaror qabul qildi. Shu qarorga muofiq sovet ittifoqi yozuvchilar uyushmasini tuzish harkatlari boshlandi. 1934-yil 7-11 mart kunlari bo’lib o’tgan O’zbekiston yozubchilarining birinchi qurultoyida “O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi”ni tashkil etish ishlari bilan shug’ullanuvchi 37 kishilik tashkiliy komitet tuzildi. Unga Rahmat Majidiy boshchilik qildi. Shu yil 15-avgust 2-septemberda sho’rolar davlati yozuchilarining birinchi qurultoyi o’tkazilib unda Maksim Go’rkiy rahbarligida sovet ittifoqi yozuvchilar uyishmasi tuzilgani e’lon qilindi. Shu vaqtdan e’tiboran respublika yozuvchilar uyshmasi O’zbekiston yozuvchilar uyishmasi rahbarligida  o’z faoliyatarini boshlaganlar.

Uyushma qoshida kechki ishchilar uchun adabiyot fakulteti ochilib “Adabiy aniq” masalalariga bag’ishlangan plinum o’tkazildi. O’zbekiston hukumatining yaxshi badiiy asarlar uchun tanlov e’lon qildi. Unda Sadriddin Ayniyning “Qullar” Abdulloh Qahhorning “Sarob” Husayin Shmasning “ Huquq” romanlari g’olib deb topildi. Abdulloh Qahhorning “Obid ketmon” qissasi va Cho’lponning “Kecha va Kunduz” romani nashrga tavsiya etildi. O’zbek yozuvchilarining yangi tashkil etilgan uyishmasining faoliyati boshlandi.

1937-yilning yanvari va fevral oylarida rus shoiri Pushkin vafotining 100 yillik munosabati bilan shoir asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilish va uning hayoti va adabiiy ijodiga bag’ishlangan adabiiy kechalar o’tkazish ishlari boshlandi. Usha yilning may oyida Maskvada birinchi o’zbek san’ati dekadasi bo’lib o’tdi.

1937-1938-yillar musibatli qatag’on yillari o’zbek adabiyoti uchun chin ma’noda og’ir yillarning boshlanish davri bo’lib qoldi. O’nlab zabardaz o’zbek shoir, yozuvchi va olimlari xalq dushmani degan ayblov bilan otib tashlandi. Uzoq yillar Sibiriyaga surgun qilindi. Asarlarini o’qish man etildi. Sayid Ahmaddek iqtidorli yozuvchiga yeti yildan ko’proq muddatni Sibir turmalarida o’tkazib chiqdi. Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanini o’qigan kishilar sudlanib jazolandi. Bu o’zbek adabiyotiga tushgan juda katta og’ir zarba edi. Lekn o’zbek yozuvchilari uyushmasi bu og’ir sinovlardan o’tib qaddini tiklashga muovfaq bo’ldi.

2-Jahon urishi davri o’zbek xalqi uchun og’ir sinovli kunlar bo’ldi. Bu paytda o’zbek shoir va yozuvchilari dramaturglari ijodida g’alaba mavzuyi yetakchilik qilidi. Hamid Olimjon, G’ofur G’ulom, Oybek, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari shoirlarning she’riy asarlari xalq va armiyani g’alaba yo’lida kurashga safarbar etishga katta ro’l o’ynadi.

30- 40-yillar Oydin, Rahmat Fayzi, Mirmahsum bilan Shukurullo, Said Ahmad, Saida Zununova, Mikarim Osim, Ramiz Bobojon, Hamid G’ulom, Asqad Muxtor, Sharof Rashidov kabi shoir va yozuvchilarni adabiyotga qadam qo’yish davri bo’ldi.

1931-yilda Sharq yulduzi, 1932-yilda Zvezda Vostoka adabiiy jurnallariga asos solindi. 50-yillar adabiyoti Odil Yoqubov, Pirmqul Qodirov, O’lmas Umarbekov, Jumaniyoz Jabborov, Farhod Musajonov, Husaniddin Sharipov kabi yozuvchi va shoirlarining kirib kelishi bilan e’tiborlidir.

1956-yil O’zbekiston yozuvchilar uyishmasi yana bir nashr ”O’zbekison adabiyoti va san’ati” gazetasiga asos solindi. 1997-yilda ”Jahon adabiyoti” jurnali tashkil etildi.

2010-yil 26-fervralda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining O’zbekiston yozuvchilar uyishmasi xuzurida ijod fondini tashkil etish to’g’risda qaror qabul qilindi. Shu bilan o’zbek adabiyotini rivojlantirish yangi asarlarni taqdim qilish, yozuvchilarni  moddiy rag’batlantirish, adabiy nashlarni qo’llab quvvatlash va shu kabi xayrli ishlarni amalga oshirish imkoniyati oshdi. Mazkur farmon asosida Do’rmon ijod uyi va polikinika qaytadan tamirlandi.

2010-yildan buyon har yili Do’rmon ijod uyida yosh ijodkorlarning istedod maktabi jumhuriyat seminari o’tkazladi. 2018-yildan bu seminarlar Jizzax viloyatining Zomin tumanida o’tkaziladigan bo’ldi.

2010-yildan beri “Birinchi kitobim” loyihasi yosh ijodkorlarning sara asarlari ijod jamoat fondi tomonidan ko’p nusxada chop etib kelinmoqda. 2020-yil 1-yanvarida kelib ushbu loyiha doirasida 90 nafar yosh ijodkorning birinchi kitobi chop etildi. “Ona jonim she’riyat” adabiiy to’garagi ishtirokchilaridan 3 nafar yosh ijodkor qizlar Zulfiya mukofoti nomidagi davlat mukofotini oldi. Uch nafar yosh ijodkor “Yurt kelajagi” respublika tanlovi g’olibi bo’ldi. Ijodkor yoshlar kluni tuzildi. Istiqlol yillarida 8 nafar ijodkor O’zbekiston qahramoni yuksak mukofotiga sazorov bo’lidi.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyayev tashabbusi bilan O’zbeksiton yozuvchilar uyishmasi yangi boshqichga ko’tarilmoqda. Yangi O’zbeksitonni qurish va 3-Renesansni ma’naviy poydevorini yaratishda tinimsiz hissa qo’shib kelmoqda.

2017-yil 3-avgust kuni Prezidnet Shavkat Mirziyoyevning Yurtimiz ijodkor ziyolilari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvi O’zbekiston Prezidentining Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy bog’i hududida Adiblar hiyoboni barpo etish to’g’risida 2017-yil 8-aprel qaroriga asosan Adiblar hiyoboni barpo etilib, unda Alisher Navoiy buyuk haykali qoshida Bobur, Lutfiy, Koshg’ariy, Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Cho’lpon, Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov kabi o’nlab yirik turkiy va o’zbek adabiyoti yirik vakillari haykallari o’rnatildi va O’zbeksiton yozuvchilar uyishmasi uchun keng zamonaviy yangi bino quruldi.

2018-yil O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida O’zbekiston respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Unga ko’ra qator dasturlar ishlab chiqilib ular asosida aniq ishlar amalga oshirildi.

Uyushma raislari:

Uyushmaning birinchi raisi 1934-1935-yillarda Rahmat Majidiy edi, undan keyin hozirgacha 18 kishi O’zbekiston yozuvchilar anjumaniga raislik qilib kelgan. Ular orasida quyidagi adib shoirlar bor edi:

Hamid Olimjon, Oybek, Sharof Rashidov, Abdulla Qahhor, Komil Yashin, Odil Yoqubov, Abdulla Oripov, Ahmedov Muhammad Ali. Necha yildan beri yozuvchilar uyishmasida Saidov Sirojiddin Salohivich rahbarlik  qilib kelmoqda.

O’zbekiston qahramoni laqabini olgan adiblar:

Erkin Voxidov, Abdulla Oripov, Ozod Sharafiddinov, Said Ahmad, Suyma G’aniyeva, Ibrohim Yusupov, To’libbergan G’oipberganov, Ibrogim G’ofurovlar.

O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi rasisi

Sirojiddin Sayid

Sirojiddin Sayid 1958-yil 30-oktabrida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining Kanda juvoz qishlog’ida tug’ildi. Bolalik chog’laridan boshlab matin go’ylik, dostonxonlik muhabbatida ertak va afsonalar olamida ulg’aydi.

Oyisi Oyibibi, Momosi Said Umar, amakisi Islomiddin, tog’asidan eshitgan xalq qo’shiqlari Abdulvaxob boboning she’rlari onasi Hola bibi Nasriddin qizining hikoyalari  uning shoirlik xizmaida muhim o’rin tutdi.

Sirojiddin Sayid hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining jurnalizim fakultetsida 1974-1979-yillar tahsil oldi. “Hayrullohning kumandasi” nomli ilk hikoyasi 1972-yilda 8-sinfda o’qib yurganda Respublika bolalar gazetasida bosilgan edi. “Orzu va istak” nomli birinchi sh’eri 1975-yilda Toshkent universiteti undan so’ng “Sevgi  va orzu” nomli she’rlari Sariosiyo haqiqati gazetasida chop etildi. “Ruhim xaritasi” nomli ilk kitobi 1985-yilda G’ofur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida bosilib chiqdi.

Shundan keyin “Salqin harsanglar kaftida” 1986-yil “Sevgi mamlakati” 1987-yilda “Asragil” 1990-yil “Mehr qolur, muhabbat qolur” badiiy maqolalar 1992-yil “Kuydim” 1994-yil “Uyingdagi beshiklar” 1996-yil “Egasi bor yurt” 2001-yil “Qaldirg’ochlar klonlarining” 2005-yil “Dil fasli” 2005-yil “Yashasin yomg’irlar”  adabiy maqolalar  2007-yil “ Yuz oh Zahiridin Muhammad Bobur” dostoni 2011-yil “Ochi ley gulkiy bo’ston voxti bo’ldi” 2014-yil singari kitoblari bosilib chiqdi.

2008-yil Sharq nashriyot matubuoti aksiyadorlik kampaniyasi bosh tahririyati “So’z yo’li” nomli ikki jildlik  tanlangan asarini nashrdan chiqardi.

Yurtim, menga zar kerakmas zarlaringdan,

Kipriklarim o‘psalar bas gardlaringdan.

Men bir nasim bo‘lib keldim, men bir nasim,

Aytib o‘tsam deyman ko‘hna dardlaringdan.

Shu manoda Sirojiddin sayid ning “kuydim” va “vatanni òrganish” nomli tuplamlariga kirgan sherlarida , qòl ura boshlagan guzal va tuyģulari  yonida kengu kulam va zalvor kasb etgan , soģingan yurt va ona vatan haqidagi soģinch va hayajonlari , mehr va muhabbati vatan abadiy 2001.Ustimizdan òtgan oylar 2003 . kòksimdagi zngorlarim 2005nomli sheriy tòplamlarida bor buyu bisti bilan namoyon bòladi.

Shoirning keyingi yillar bosilgan ” kungil sohili ” Shamnoma”       ”tòrtliklar” 1995 dil fasli 2007 buģdoy bòli vatan 2011 kabi kitoblaridagi she’rlar manzuma va dostonlarni ilmiy – adabiy jamoatchilik xayrixohlik bilan qarshi oldi. S. Sayyidning  Tanzil 1989  .  Tòplon daryo bilannxayitlashuv 1992 yaxshilik eskirmadi. Qirq hadis 1992-  2001 Bahor surxondin boshlanur. laylaklar va rivoyati 1998 . Yuz ohi Zahiriddin Muhammad Bobur 2010  dostonlari mustaqillik yillari hamosi janr qiyofasini yaratishda muhim òrin tutdi.

Sirojiddin Sayid tarjima  sohasida ham faoliyat yuritib Pushkinning lirikasidan namunalarni, Nasiyining ‘ mangu rizq ‘ 1991,  sherlar va nasriy kitobini, Bulģor shoiri Liyubumir Liyuchev she’rlarini, mashur rassom Poblu pikosuvning sheriy tajribalarini, Abu Homit Gazzolining “Munojot lazzati ” nomli hikmatlarini , Jaloliddin Rumiy ,Hofiz Sheroziy ģazallari bilan hikmatlarini , Rudaki , Alekyandroв Yunibirg , loyiq, Loyiq  Sherali sherlarini òzbek tiliga ugirdi.

Shoirning sher va dostonlari rus , Turkman , Ukrayin ,Belarus , tojik  , Qozoq va Ozorbayjon tillariga tarjima qilingan. Òzbekiston xalq shoiri Sirojjidin Sayyid hozir òzbekiston yozuvchilar uyushmasining rayisi lavozimida xizmat qilmoqda. u 1990 yilda dòstlik ordeni bilan mukofotlangan. ”Yuz oh  Zayiridin Muhammad bobur”, dostoni uchun Bobur jamģarmasining xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.

Адабиётлар:

  1. Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси архиви.
  2. Ўзбекистон миллий энциклопедияси.
  3. Ўзбекистон адиблари kitobi.
  4. Профессор Саййид Акбар Аъзамхўжаев жадидлар ҳақида ёзган мақола.
  5. Уюшма раиси билан суҳбатar.

پاسخ ترک

Please enter your comment!
Please enter your name here